
U Abu-Dabidagi mehmonxonada gruziyalik Merab Dvalishviliga qilingan hujumdan so'ng hibsga olingan amakivachchasi Usman Nurmagomedov va uning sheriklarini ozod qilish uchun BAAdagi "akalari" oldiga bordi.
Avvaliga Xabib UFC rahbari Dani Uayt va amerikalik hamkorlaridan yordam so'radi, biroq ular BAAda boshqa qonunlar amal qilishini aytishdi. SHu bilan birga, jangchilar Magomed Ankalaev va Xamzat CHimaev Dvalishviliga hibsga olinganlarni qo'yib yuborishni omma oldida so'rash uchun bosim o'tkazdi, ammo bu vaziyatni o'zgartirmadi. Urinishlar natija bermagach, Xabibning o'zi Amirliklar poytaxtiga uchib bordi. Hozircha Usman va uning jamoadoshlarining ozodlikka chiqqanligi rasman tasdiqlanmadi.
