SportUz.Tv

Dana Uayt mag'lubiyati yo'q giyohvand UFC jangchisi haqida gapirdi

17.11.2026 11:42    


Rasmni yuklab olish

UFC rahbari Dana Uayt giyohvand moddalarni haddan tashqari istemol qilgani ortidan kasalxonaga yotqizilgan jangchi haqidagi xabarga munosabat bildirdi.

UFC`ning hali mag'lubiyatga uchramagan amerikalik jangchisi Tommi MakMillen giyohvand moddalarni meyoridan ortiq istemol qilgani uchun kasalxonaga yotqizilgandi.

"Buni qaerdan bildim? Hamma kabi internetdan. Jinnilik. Uning allaqachon [mashg'ulotlarga] qaytgani aqlsizlik. Lekin shu bilan birga bu dahshatli. Umid qilamanki, bu uning uchun haqiqiy xavotirli signal bo'ldi", - dedi Uayt matbuot anjumanida.

OAV malumotlariga ko'ra, 9 noyabr kuni 28 yoshli Makmillen Skotsdeyldagi (AQSH, Arizona shtati) tungi klubning hojatxonasidan topilgan. Voqea joyiga etib kelgan policiyachilar jangchiga birinchi tibbiy yordam ko'rsatgan, shundan so'ng u shifoxonaga etkazilgan.

MakMillenning MMA’dagi rekordida 12 ta g'alaba bor, ulardan beshtasi nokaut bilan qo'lga kiritilgan va birorta ham mag'lubiyat yo'q.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: