SportUz.Tv

Xabib oktagonga qaytish uchun taklif qilingan 200 million dollardan voz kechdi

19.11.2026 10:12    


Rasmni yuklab olish

UFC sobiq chempioni, mag'lubiyat nimaligini bilmaydigan rossiyalik jangchi Xabib Nurmagomedov bloger, promouter va bokschi Jeyk Polning katta pul evaziga sportga qaytish taklifini rad etdi.

Suhbat chog'ida Pol rossiyalik jangchidan qachon qaytishni rejalashtirayotganini so'radi va buning uchun unga 200 million dollar taklif qildi. Nurmagomedov bundan mano ko'rmayotganini aytdi: uning isbotlaydigan hech narsasi qolmagan, pul esa unga turtki bo'la olmaydi.

«Nega qaytishim kerak? Isbotlaydigan hech narsam qolmadi. Raqib yo'q, faqat pul bor. Bu men uchun rag'bat emas», — deydi Nurmagomedov.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: