SportUz.Tv

Reytingning Top-3`taligidagi jangchi UFC`dan haydaldi

19.11.2026 08:36    


Rasmni yuklab olish

U o'tgan yili UFC`ning engil vazn toifasida chempionlik kamariga davogar bo'lgandi.

Gap ayollar o'rtasida chempionlik kamari uchun davogar Virna Yandiroba haqida ketmoqda. U endi dunyoning eng kuchli ligasi jangchisi emas! 38 yoshli braziliyalik bu holat u uchun yoqimsiz "syurpriz" bo'lganini ijtimoiy tarmoqda malum qildi.

"Bu men uchun kutilmagan hodisa bo'ldi. Ko'rinib turibdiki, biz xususiy kompaniyada ishlaymiz, bu erda hech qachon to'liq barqarorlik bo'lmaydi. Bugun siz tashkilotning bir qismi bo'lishingiz mumkin, ertaga esa yo'q. Lekin, hozirgi vaqt va vaziyatni hisobga olgan holda, bu haqiqatan ham meni hayron qoldirdi. Men faoliyatimning yaxshi bosqichida edim, shuning uchun bunday qaror men uchun kutilmagan holat, tabir joiz bo'lsa yuzimga urilgan tarsaki bo'ldi", deb yozdi Yandiroba.

Beshta g'alabadan iborat seriyani qo'lga kiritgandan so'ng, o'tgan yilning oktyabr oyida Virna vakant turgan chempionlik unvonini qo'lga kiritish uchun muvaffaqiyatsiz urinish qildi. U besh raund yakunida Makkenzi Dernga hakamlarning yakdil qarori bilan yutqazib qo'ygan edi.

Joriy yilning aprel oyida braziliyalik aralash yakkakurash ustasi Tabaata Ricci ustidan ochkolar hisobida g'alaba qozonib, faoliyatini muvaffaqiyatli yo'nalishga qaytardi. O'n kun oldin esa Tatyana Suarezga hakamlarning yakdil qarori bilan yutqazdi.

Ayni paytda Yandiroba UFC`ning engil vazn divizionida uchinchi o'rinni egallab turibdi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: