SportUz.Tv

Maykl Morales: "Islam Maxachevdan hech qanday tahdid ko'rmayapman"

29.11.2026 07:03    


Rasmni yuklab olish

Agar Maykl Morales Karlos Pratesni mag'lub etib, vaqtinchalik chempion sifatida Islam Maxachevga qarshi birlashtiruvchi jangga chiqsa, unga titulli raqibga nisbatan haddan tashqari hurmat ko'rsatish muammo bo'lmaydi.

"Men Islam Maxachevdan hech qanday tahdid ko'rmayapman va unga nisbatan haddan tashqari hurmatim yo'q. U men kabi sportchi. Islam men kabi inson. Uning ham qoni menikidek oqadi. Men erishishni istagan yagona narsam – bu titulni olish.

Uning o'z merosi, o'z tarixi bor, lekin bu uning ishi, meniki emas. Mening o'z yo'lim bor. Men erishishni istagan narsam uchun ko'p mehnat qildim va unga tazim qilib o'tirmayman: "Oh, sen chempionsan, senga barcha ehtiromlar". Yo'q, men o'zim chempion bo'lishni istayman.

SHuning uchun men undan kamarni olish uchun juda qattiq mehnat qilaman. Hamma hayratda bo'lgani uchungina kimnidir Xudoga tenglashtirmayman", – dedi mag'lubiyatsiz ekvadorlik jangchi Hablemos MMA nashriga bergan intervyusida.

Morales va Prates o'rtasidagi vaqtinchalik chempionlik kamari uchun jang 30 yanvar kuni Torontoda bo'lib o'tadigan UFC 336 turnirining ikkinchi eng muhim voqeasi hisoblanadi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: