SportUz.Tv

Jahon kubogi: 5 nafar bokschimiz yarim finalga yo'l oldi, yana birida esa bronza

29.11.2026 21:15    


Rasmni yuklab olish

Boks bo'yicha Toshkent mezbonlik qilayotgan Jahon kubogida ikkinchi kunning barcha janglari yakunlandi.

Kun davomida ringga etti nafar bokschimizning besh nafari g'alaba qozondi. Ikki nafari esa afsuski mag'lub bo'ldi.  

Xumorabonu Mamajonova (-57 kg) yarim finalda mag'lub bo'lish orqali, bronza medali bilan kifoyalandi.  

Bokschilarimiz bugun qayd etgan natijalar:

-48 kg: Farzona Fozilova - Angelika Kristoforska (Polsha) 5:0 

-55 kg: Asilbek Jalilov - Abdul Barton (Angliya) 4:1 

-60 kg: Samandar Olimov - Munarbek Seitbek Uulu (Qirg'iziston) 5:0 

-57 kg: Xumorabonu Mamajonova - Punrave Ruenros (Tailand) 1:4 

-70 kg: Abdulloh Madaminov - Bayram Nurmuhammedov (Turkmaniston) 5:0 

-70 kg: Aziza Zokirova - Nadejda Golubeva (Rossiya) 1:4 

-90 kg: Akmaljon Isroilov - Leklan Louson (Avstraliya) 5:0



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: