
Mag'lubiyat nimaligini bilmay kelayotgan Agit raqbini muddatidan oldin mag'lub etib, WBC chempionlik kamarini ilk bor muvaffaqiyatli himoya qildi. Kabayelning zarbalaridan keyin Nesonning murabbiylari ikkinchi raund o'tib borayotgan pallada ringga oq sochiq uloqtirishdi.
"Albatta, jang qisqa bo'ldi, lekin men chindan ham qo'limdan kelganini qildim va agar siz tinmay mehnat qilsangiz, yakunda sizda ham shunday bo'ladi. Bu yaxshi kecha bo'lishiga shubha qilmaganman. Men buning uchun ko'p mashg'ulot o'tkazdim, tinmay mehnat qildim va bugun biz g'alaba qozondik", - dedi Kabayel jangdan keyin bergan intervyusida.
Malumot uchun, 34 yoshli Agit Kabayel o'tgan yilning fevral oyida Ar-Riyodda xitoylik CHjan CHjileyni muddatidan oldin mag'lub etib, WBCning vaqtinchalik chempionlik kamarini qo'lga kiritgan, iyun oyida esa Aleksandr Usik barcha kamarlarini, jumladan WBC kamarini ham bo'shatib qo'yganida, to'laqonli chempion maqomiga ko'tarilgan edi.
