SportUz.Tv

Bahodir Jalolov, SHohjahon Ergashev, Xurshid Tojiboev va boshqalar. Bugun 6 nafar bokschimiz jang qiladi

11.12.2021 15:20    


Rasmni yuklab olish

11 dekabr kuni prof boksda nafar hamyurtimiz jang qiladi.

Bugun BAAning Dubay shahrida Bahodir Jalolov (8-0, 8 KO) kolumbiyalik Xulio Sezar Kalimeno (5-4-1)ga qarshi ringga chiqadi. Uchrashuv Sport TV orqali jonli tarzda namoyish qilinadi. Jang Toshkent vaqti bilan soat 21:20 da boshlanadi.

SHohjahon Ergashev (20-0, 18 KO) tailandlik Aekkavi Kaevmani (23-13-0, 11 KO) bilan to'qnash keladi. Oqshom Zo`r TV orqali 17:00 dan boshlab translyaciya qilinadi.

Yana bir prof bokschimiz Xurshid Tojiboev (5-0, 3 KO) esa Qozog'istonning Almaty shahrida tashkil etilayotgan oqshomda ringga ko'tariladi. Ushbu jangda vakilimizga rossiyalik Pavel Malikov (16-4-1, 6 KO) raqiblik qiladi.

SHuningdek, Tojiboev bilan bir oqshomda Muhammadsalim Sotvoldiev (7-4-2, 3 KO) mezbon bokschi Rahat Seitjan bilan jang qiladi.

Mansur Abdumamatov (6-4, 1 KO) qozog'istonlik Ray Seitjan (8-0, 5KO)ga qarshi ringga chiqadi. 

Yana bir bokschimiz Baxit Abdurahimov (10-15, 4 KO) mezbonlar vakili Aydos Meder (8-0) bilan to'qnash keladi. Ushbu kechada ringga ko'tariladigan barcha vakillarimiz ishtirokidagi janglar 8 raundga mo'ljallangan. Oqshom Toshkent vaqti bilan 16:00 da start oladi.




Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: