SportUz.Tv

Frenk Uorren Fyuriga qarshi jang oldidan Uaytni so'ngi bor ogohlantirdi

12.04.2022 07:40    


Rasmni yuklab olish

Superog'ir vazn toifasida WVC chempioni Tayson Fyurining agenti Frenk Uorren, agar Dillian Uayt jang qilmasa, mijozining zaxira varianti borligini aytdi.

"Barcha variantlarni ko'rib chiqamiz. Sizningcha, biz shunday katta masshtabdagi jangning scenariyni ko'rib chiqmaganmizmi? Albatta, biz buning ustida ishlayapmiz.

Uayt shartnomani imzolagan va unda ikki tomon bajarishi kerak bo'lgan majburiyatlar bor. Biz shartnoma shartlarini allaqachon bajardik. Dillian Uayt esa shartnomada bo'lmagan turli xil narsalar qilmoqda. Uaytdan faqat shartnoma shartlariga rioya qilishni so'rayman", - deya Uorrenning so'zlarini keltirmoqda talkSPORT.

Malumot uchun, Fyuri - Uayt jangi 23 aprel kuni Londondagi "Uembli" stadionida bo'lib o'tadi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: