
Unda turli OAV vositalari o'zlarini qiziqtirgan savol bilan murojaat qilishdi. Xususan, "Real Madrid" jamoasida o'zbekistonlik futbolchilar o'ynashi mumkinmi degan savolga Morentes quyidagicha javob berdi.
"Siz oldingizga shunday maqsad qo'ydingiz deylik. Men "Real Madrid" jamoasida o'ynashni istayman desangiz hech qachon o'ynolmaysiz. 2 yoki 3 yildan keyin borishni ko'zlash kerak emas. Balki, kengroq qarash lozim. Bugun qanday mashg'ulot o'tkazyapsiz, nima eyyapsiz yoki ichyapsiz barchasini inobatga olish darkor. Masalan, men bolaligimda hech qachon "Real Madrid"da o'ynab ketishimni tasavvur ham qilmaganman. Lekin, men shunday ishladimki yakunda buyuk jamoada paydo bo'ldim. Tajribamdan kelib chiqib aytamanki, shunday klubda o'ynashni istasangiz har kuni ishlashingiz lozim. Ikki yildan keyin "Real"ga boraman va o'shanda jiddiyroq shug'ullanaman desangiz xato qilasiz. Bosqichma-bosqich intilib borish kerak",- deydi Morentes.
Matbuot anjumanining to'liq qismini birozdan keyin etiboringizga havola qilamiz. Bizni kuzatishda davom eting!

UFC: Ramazon Temirov va Bogdan Guskovning vaznlaridagi reytingda o'zgarishlar bo'ldi
Beterbiev The Ring P4P reytingida kuchli beshlikdan chiqib ketdi, qolganlarning o'rni qanday?