
"Rahmat, men taslim bo'lmayman. Hozir yaxshiroqman, ammo nima bo'lganini tushunishni xohlayman. Men uchun qilgan ishlaringiz uchun barchangizga minnatdorchilik bildirmoqchiman", - deydi Eriksen.
Eslatib o'tamiz, daniyalik futbolchi Evro-2020 doirasidagi Finlyandiya (0:1)ga qarshi o'yin paytida yurak hurujiga uchrab hushini yo'qotgandi. SHifokorlar dastlabki yordamni ko'rsatishgan, shundan so'ng futbolchini shifoxonaga olib ketishgan edi.

UFC Fight Night 280. Nursulton Ro'ziboev rus raqibi bilan bir xil vazn qayd etdi (To'liq natijalar)