SportUz.Tv

Hamyurtlarimiz ishtirokida o'tadigan Octagon 88 turnirining asosiy kard janglari malum

26.06.2026 07:54    


Rasmni yuklab olish

27 iyun kuni Qozog'istonning Konaev shahridagi ASP Arena majmuasida MMA bo'yicha Octagon 88 turniri bo'lib o'tadi.

Musobaqaning markaziy jangida hamyurtimiz Odilxon Kamolov Tojikiston vakili Qamariddin Hasanov (Kamil Karate) bilan to'qnash keladi. Jang ikki sportchi uchun trilogiya maqomida o'tadi.

Ikkinchi asosiy bahsda esa yana bir yurtdoshimiz Bobur Abdulazizov qirg'izistonlik Marsel Nurlanbek Uulu bilan bellashadi.

SHuningdek, turnir asosiy kardi doirasida Og'abek "Saturn" Abdumo'minov qozog'istonlik Aktilek Jolshibekov bilan, Samandar Reimbaev esa Ozarbayjon sharafini himoya qiluvchi Muhammadali Nurusov bilan jang qiladi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: