SportUz.Tv

Mirjalol Qosimov ro'za tutishning futbolchilarga tasiri haqida to'xtaldi

02.03.2026 14:36    


Rasmni yuklab olish

OKMK bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov Superliga 1-turi doirasida OKMK – "Bunyodkor" (0:1) uchrashuvidan keyin ro'zador futbolchilarning jismoniy holati haqidagi savolga javob berdi.

– Futbolchilarning ro'za tutishi ularning jismoniy holatiga tasir o'tkazmaydimi? Masalan, Gvardiola "Siti"da tajribali nutriciologlar borligini aytgan. OKMKda vaziyat qanday?

– SHifokorlarimiz buni nazorat qilishadi, vitaminizaciya ishlari bor. Bu yomon narsa emas, aksincha, yaxshi. Mashg'ulotlarni ham ro'zador holatda o'tkazyapmiz. Fursatdan foydalanib, PFLga ham rahmat aytaman. Oldinlari o'yin boshlanib, keyin iftorlik qilinardi. Hozir iftorlikdan so'ng keyin o'yinga chiqilyapti. Bu normal holat. Tarixga qaytadigan bo'lsak, Saudiya Arabistonida OCHLda o'ynaganimizda ham ro'za oyiga to'g'ri kelgandi. O'shanda ham ro'za payti og'iz ochish bilan o'ynashgan, hammasi joyida bo'lgan. Mana, bugungi o'yin ham ko'rsatdi – hech kimning tomiri tortishib qolgani yo'q yoki jismonan charchab, yiqilib qolmadi.

Olmaliqliklar ustozi ishtirokidagi matbuot anjumani bilan to'liq holda ushbu havola orqali tanishish imkoniga egasiz.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: