
Tashkilot Direktorlar kengashi jangni WBC super og'ir vazn toifasidagi chempionlik unvonini ixtiyoriy himoya sifatida tasdiqlash haqidagi iltimosni maqullaganini elon qildi.
"Puxta o'ylab ko'rgandan so'ng, WBC Direktorlar kengashi chempion Aleksandr Usikning afsonaviy kikboks chempioni Riko Verxuvenga qarshi WBC super og'ir vazn toifasidagi chempionlik unvonini ixtiyoriy himoya qilishini tasdiqlashga qaror qildi", deya xabar bergan WBC veb-sayti.