
Bugun ispaniyalik mutaxassis qo'l ostidagi jamoa turnir finalida "Frayburg"ni 3:0 hisobida mag'lub etib, Evropa Ligasi g'olibiga aylandi. Bu Emeri uchun o'z faoliyatidagi beshinchi Evropa Ligasi sovrini bo'ldi.
Hech qaysi boshqa murabbiy yirik evrokubok musobaqalari finalida bundan ko'p g'alaba qozonmagan. SHuningdek, Karlo Anchelotti (CHempionlar Ligasida 5 ta g'alaba), Joze Mourinyu (CHempionlar Ligasida 2 ta, UEFA Kubogi / Evropa Ligasida 2 ta, Konferenciyalar Ligasida 1 ta g'alaba) va Jovanni Trapattoni (Evropa CHempionlari Kubogida 1 ta, UEFA Kubogida 3 ta, Kubok egalari Kubogida 1 ta g'alaba) hisobida ham 5 tadan evrokubok maqomidagi sovrin bor.

"Jasco Coach" Edil Esengulovning mojaroli gap-so'zlariga munosabat bildirdi (VIDEO)