SportUz.Tv

"Brilliant" UFC’ning eng tomoshabop besh jangchisini sanab berdi

21.05.2026 16:30    


Rasmni yuklab olish

UFC chempionligiga sobiq davogar Dastin Pore tashkilot matbuot xizmatiga bergan intervyusida shu mazmundagi savolga javob qaytardi.

O'tgan yili faoliyatini yakunlagan amerikalik aralash yakkakurash ustasi tashkilotning tomoshabop jang ko'rsatadigan besh nafar sportchisini sanab berdi.


1. Aleks Pereyra (Braziliya)

2. Iliya Topuriya (Gruziya)

3. Konor Makgregor (Irlandiya)

4. Jastin Getji (AQSH)

5. Maks Xollouey (AQSH)


Eslatib o'tamiz, 12 iyul kuni Las-Vegas (AQSH) shahrida bo'lib o'tadigan UFC 329 turnirida Konor Makgregor va Maks Xollouey o'zaro revansh maqomidagi jangda to'qnash keladi. Birinchi jang 2013 yil avgust oyida UFC Fight Night 26 turniri doirasida bo'lib o'tgan va unda Konor hakamlarning yakdil qarori bilan g'alaba qozongan edi. 



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: