
BMF kamari sohibi Maks Xolloueyga qarshi kechadigan mazkur jang orqali Konor UFC 329 turniri kardidagi barcha jangchilarning butun faoliyati davomida ishlab topgan mablag'idan ham ko'ra ko'proq gonorarni qo'lga kiritadi. U o'sha oqshomdagi bir jangi uchun 15 mln AQSH dollari oladi.
Jang yarim o'rta vazn toifasida o'tkaziladi.
Bu ikki aralash yakkakurash ustasining ilk jangi 2013 yilning avgust oyida o'tkazilgan bo'lib, o'shanda Konorning g'alabasi bilan yakunlangan edi. Makgregor o'shanda hakamlarning yakdil qarori bilan zafar quchgandi.
SHundan so'ng irlandiyalik engil va yarim engil vazn toifasida UFC chempionlik kamarlarini qo'lga kiritib, tashkilotning birinchi ikki karra chempioniga aylandi, amerikalik esa yarim engil vazn toifasida chempion, shuningdek, BMF kamari sohibi bo'ldi.
Konor Makgregor besh yil avval Dastin Porega qarshi jangda oyog'idan og'ir jarohat olganidan beri oktagonga chiqmagan, Maks Xollouey esa joriy yilning mart oyida hakamlarning yakdil qarori bilan CHarlz Oliveyraga yutqazib, BMF kamarini boy bergandi.
"Jasco Coach" Edil Esengulovning mojaroli gap-so'zlariga munosabat bildirdi (VIDEO)