SportUz.Tv

Magomed Ankalaev shartnoma imzoladi

21.05.2026 16:51    


Rasmni yuklab olish

Yarim og'ir vazn toifasida sobiq UFC chempioni Magomed Ankalaev navbatdagi jangi uchun belgilangan shartnomaga imzo chekdi.

Bu haqda rossiyalik aralash yakkakurash ustasi o'z muxlislariga ijtimoiy tarmoq orqali muloqotda xabar berdi.

"SHartnoma imzolandi. Raqiblarni mag'lub etishni sog'indim. Tez orada ko'rishamiz", - deb yozdi Anakalaev.

Magomed raqibi kim bo'lishiga aniqlik kiritmadi, biroq avvalroq u 25 iyul kuni Abu-Dabidagi turnirda oktagonga qaytishini aytgan edi. 

Malumot uchun, o'tgan yilning mart oyida Magomed Ankalaev hakamlarning yakdil qarori bilan Aleks Pereyrani mag'lub etib, UFC yarim og'ir vazn toifasining yangi chempioniga aylangandi. Ammo oktyabr oyida birinchi raunddayoq "Poatan"ga texnik nokaut bilan imkoniyatni boy berib, kamarini yo'qotgan edi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: