SportUz.Tv

Xabib Dana Uaytga: "Bu mutlaqo yolg'on!"

21.05.2026 17:33    


Rasmni yuklab olish

UFC rahbari Dana Uayt yaqinda bergan intervyusida Xabib Nurmagomedovning musulmon mamlakatlari bo'ylab jahon turnesida ko'p pul ishlab olgani uchun faoliyatini yakunlaganini aytgandi.

Rossiyalik aralash yakkakurash ustasi o'zi haqida shunday gapirgan Dananing bayonotiga keskin munosabat bildirdi.

"Bazan shunday sarlavhalarni o'qiyman. Men, albatta, internetdagi har bir axlatni sharhlashni yoqtirmayman, lekin Dana shunday gaplarni aytganida, bu hamma joyga tarqaladi. Men shunday deyman: Yaratgan guvoh, bu mutlaqo yolg'on. Menga hech kim hech qachon bu millionlarni bermagan va ko'p pul topganim uchun sportni tark etganim yo'q. Bularning bari yolg'on. Haqiqatni butun dunyo biladi - men bu haqda bir necha bor aytganman va takrorlashning hojati yo'q", - deb yozdi UFC`ning engil vazn toifasidagi sobiq chempioni ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.

Eslatib o'tamiz, 2020 yilning oktyabr oyida Xabib Nurmagomedov Jastin Getjini bo'g'ish usulida mag'lub etganidan keyin faoliyatini yakunlaganini elon qilgandi. O'shanda u onasining talabi bilan bu qarorga kelganini aytgan edi. 



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: