
Sky News malumotlariga ko'ra, jahon futboli rahbari sifatida o'n yildan ortiq vaqt mobaynida amalga oshirgan ishlarini maqtovchi matn FIFA xodimlari tomonidan hatto jahon chempionatidan oldin – may va iyun oylarida tarqatilgan.
SHuningdek, FIFA 2027 yilda tashkilot rahbari saylovi oldidan rasmiy qo'llab-quvvatlash sifatida Xalqaro futbol federaciyasiga qayta jo'natilishi kerak bo'lgan har bir xatga tegishli futbol associaciyasi prezidentining ismi va imzosini allaqachon qo'yib qo'ygani aytilmoqda.
SHu bilan birga, barcha futbol associaciyalari ham tayyor xatlarni olmagan. Ularda Infantinoning faoliyati infratuzilmaning rivojlanishiga va ayollar futboli darajasining oshishiga qanday hissa qo'shgani qayd etilgan. Takidlanishicha, FIFA reglamentida amaldagi prezidentning saylovoldi kampaniyasi uchun ichki resurslardan foydalanishni taqiqlovchi aniq band mavjud emas.

UFC 330 turniri ishtirokchilari janglardan qancha gonorar ishlab olishgani malum bo'ldi