
Bu haqda UFC’ning rasmiy sayti xabar berdi. Ayni paytda jangchi musobaqalarda ishtirok etish huquqiga ega.
Jon Jons 38 yoshda. Amerikalik jangchi UFC’dagi debyutini 2008 yilda o'tkazgan va 2024 yilda faoliyatini yakunlagan. U yarim og'ir vazn (93 kg gacha) va og'ir vazn (120 kg gacha) toifalarida chempionlikni qo'lga kiritgan. Jahonning eng nufuzli MMA tashkilotida uning hisobida jami 22 ta g'alaba va 1 ta mag'lubiyat bor.
Avvalroq, Jons intervyuda o'z salomatligi va oktagonga qaytish ehtimoli haqida fikr bildirgandi.