
Jordan Barrouz rossiyalik UFC chempioni Islam Maxachev bilan bellashishga tayyorligini va kurash gilamida o'z ustunligiga ishonchi komil ekanligini malum qildi.
"Men Maxachevning Gerri bilan jangini tomosha qildim va Islam bir necha bor bir oyoqqa hujum qilganida, Yen qanday qilib himoyaga o'tganini ko'rdim. Machado buyuk kurashchi emas. Agar Islam mening oyog'imga xuddi shunday yopishsa, men uni "uchirib" yuboraman. Bu qiziqarli bo'ladi. Kurash va MMA — bular ikki xil narsa. Men bu sport turini hurmat qilaman, shuning uchun ham jang qilmayman", — deya Barrouzning so'zlaridan iqtibos keltiradi Ariel Xelvani o'zining X ijtimoiy tarmog'idagi sahifasida.
Jordan Barrouz shuningdek, olti karra jahon chempioni (2011, 2013, 2015, 2017, 2021, 2022) va uch karra jahon chempionati bronza medali sovrindori hisoblanadi.

Erkin kurash bo'yicha Olimpiada chempioni Maxachev bilan bellashish istagini bildirdi