SportUz.Tv

Dana White’s Contender Series g'olibi UFC`da 11 million dollar ishlab topdi

26.08.2026 13:48    


Rasmni yuklab olish

UFC chempionlik kamari uchun jang qilishga yaqin ham kelmagan jangchi tashkilotda o'n million dollardan ortiq mablag' ishlab topishi mumkinmi?

Dunyoning eng kuchli ligasi rahbari Dana Uaytning takidlashicha, ha, bu mumkin.

Bu haqda tashkilot prezidenti Las-Vegasda bo'lib o'tgan Dana White’s Contender Series saralash shousining navbatdagi turniridan so'ng o'tkazilgan matbuot anjumanida malum qildi.

"Men sizlarga aytganimdek, so'nggi o'n yil ichida biz shou ishtirokchilariga 225 million dollar to'ladik. SHu yigitlardan biri, hech qachon chempionlik uchun jang qilmagan bo'lsa-da, tashkilotda 11 million dollardan ortiq pul ishlab topdi. SHuning uchun, faol bo'ling va har qanday imkoniyatdan foydalanishga tayyor turing, chunki pul ishlash uchun sizda ko'p vaqt yo'q. Bu har qanday sport turiga tegishli. Faollik hamma narsani hal qiladi va menga bu yoqadi", – dedi Uayt.

Sizningcha, dunyoning eng kuchli ligasi rahbari tilga olgan jangchi kim bo'lishi mumkin? Tahririyatimiz taxminiga ko'ra, bu amerikalik Kevin Holland. U 2018 yilda saralash shousidagi g'alabasidan so'ng UFC`ga kelgan va ligada 29 ta jang o'tkazib, 16 ta g'alaba, 12 ta mag'lubyat qayd etgan. Yana bitta jangi esa o'tkazilmagan deb topilgan.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: