
Bu esa uning dunyoning eng kuchli ligasiga o'tishi mumkinligi haqidagi mish-mishlarni yanada kuchaytirdi.
"Yuqori darajada iqtidor allaqachon hal qiluvchi omil emas. Kim kurashda uzoqroq qola olsa, o'sha g'olib bo'ladi", — deb yozdi Nurmagomedov surat ostida.
Usman — 22-0 rekordi bilan PFL engil vazn toifasining amaldagi chempioni hisoblanadi. Iyul oyida u PFL New York turnirida Archi Kolganni birinchi raunddayoq nokautga uchratib, chempionlik kamarini himoya qilgan edi, shundan so'ng u erkin agentga aylandi. UFC prezidenti Dana Uayt tashkilot jangchini o'z safiga qo'shib olishdan manfaatdor ekanini allaqachon tasdiqlagan.
Usmanning menejeri Ali Abdel-Aziz avvalroq UFC`dagi debyut uchun raqib sifatida Iliya Topuriyani tilga olgan edi, murabbiy Xaver Mendes esa Topuriya va Arman Carukyanni eng qiyin raqiblar deb hisoblagandi. UFC chempioni Islam Maxachev ham Usmanni UFC`ga o'tib, o'zini eng kuchli ligada sinab ko'rishga chaqirgan.
