
Klub matbuot xizmati xabar berishicha, 1 noyabr kuni SHveycariya Superligasining 12-turidan o'rin olgan “Bazel”ga qarshi uchrashuvda AIL Arena stadionining barcha chiptalari sotib bo'lingan.
2026 yilda foydalanishga topshirilgan mazkur stadionda ilk bor barcha o'rinlar to'lgan. Uchrashuvni tribunalardan 8153 nafar muxlis kuzatgan.
“Lugano” klubi ushbu tarixiy natija munosabati bilan muxlislarga minnatdorlik bildirib, bu jamoa, muxlislar va shahar o'rtasidagi mustahkam aloqalarning yana bir isboti ekanini takidladi.
Qayd etish joiz, mazkur uchrashuvda “Lugano” safida O'zbekiston milliy terma jamoasi himoyachisi Behruz Karimov ham maydonga tushdi.
19 yoshli futbolchi 73-daqiqada Bekxem Kastro o'rniga zaxiradan o'yinga qo'shildi.
Uchrashuvda “Lugano” 2:1 hisobida g'alaba qozondi. Mezbonlar safida Daniel dos Santos va Yanis Siminyani gol urgan bo'lsa, mehmonlarning yagona to'pi Filip Otele hisobiga yozildi.
Mazkur g'alabadan so'ng “Lugano” SHveycariya chempionatidagi peshqadamligini mustahkamlab, ikkinchi o'rindagi “Yang Boyz” bilan oradagi farqni 9 ochkoga etkazdi.

Kamaru Usman Islam Maxachevning jangdan bosh tortishi bo'yicha qarorini qo'llab-quvvatladi