SportUz.Tv

Usik keyingi jangi bo'yicha qaror qabul qildi va raqibini aytdi

02.11.2026 09:06    


Rasmni yuklab olish

Ikki vazn toifasida ukrainalik sobiq mutlaq jahon chempioni Aleksandr Usik rejalarini ochiqladi.

U WBA va WBO unvonlariga ega bo'lgan amerikalik Devid Benavides bilan jang qilish uchun birinchi og'ir vazn toifasiga qaytish niyatida ekanligi haqidagi malumotni tasdiqladi.

"Bu katta jang, chunki Benavides katta chempion, ha, mening ismim ham biroz tosh bosadi. Men og'ir vazn divizionini tozalab tashladim va endi o'z vaznimga qaytyapman. Hozir men 96-97 kilogrammman", - dedi ukrainalik bokschi sport sharhlovchisi Mayk Koppingerga bergan intervyusida.

Joriy yilning may oyida yarim og'ir vazn toifasida WBC chempionlik kamariga ega bo'lgan Devid Benavides birinchi og'ir vazn toifasiga ko'tarilib, oltinchi raundda nokaut evaziga qozongan g'alabasi ortidan Xilberto Ramiresdan birinchi og'ir vazn toifasida WBA va WBO chempionlik kamarlarini tortib oldi. Joriy yilning dekabr oyida 29 yoshli amerikalik 37 yoshli polshalik Mixal Tseslyakka qarshi jangda ushbu kamarlarini himoya qiladi.

SHu yilning may oyida 39 yoshli Aliksandr Usik Misrdagi Giza piramidalari yonida o'n birinchi raundda "Glori" sobiq chempioni Riko Verxovenni bahsli tarzda to'xtatib qolgandi. SHundan so'ng u og'ir vazn toifasida o'ziga tegishli bo'lgan IBF, WBA va WBC chempionlik kamarlarini vakant, yani egasiz qoldirishga qaror qilgan edi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: