SportUz.Tv

Bektemirga "xo'p" degan Mungia Zonga qarshi o'tkazgan jangi haqida gapirdi

02.11.2026 13:09    


Rasmni yuklab olish

WBA yo'nalishida ikkinchi o'rta vazn chempioni Xayme Mungia kecha rossiyalik Nikita Zonga qarshi kechgan jangdagi chiqishini o'rtacha deya baholadi, ammo natijadan mamnun ekanini bildirdi.

"Oson bo'lmadi, — dedi Mungia DAZN bilan suhbatda. — Bir muddat vaziyat keskinlashdi, lekin men buni uddaladim va bu eng muhimi... U meni yiqitdi, keyin esa men uni, so'ngra men ehtiyotsizlik qildim va u yana zarba berdi... O'zimni o'ntalikdan olti yoki etti ballga baholardim. Bazi narsalar bo'lmadi. Ayrimlarini o'zim qilmadim. Lekin g'alaba qozonganimdan xursandman. Tez orada mashg'ulotlarga qaytaman va yo'limda davom etaman".

Eslatib o'tamiz, Mungia o'z kamarini o'zbekistonlik majburiy davogar Bektemir Meliqo'zievga qarshi jangda himoya qilishi kerak edi. Ammo uning jamoasi WBA reytingida to'qqizinchi o'rinda turgan Nikita Zonga qarshi himoya o'tkazishga ruxsat oldi, bu esa ularga engilroq raqibdek ko'ringan edi. 

Natijada, professional ringda o'n to'rtinchi jangini o'tkazayotgan Zon jangning birinchi yarmida chempionga ko'plab muammolar tug'dirdi, oltinchi raundda esa nokaut orqali g'alaba qozonishga bir qadam qolganda, jiddiy zarbalardan holsizlangan Mungiani "yakunlay" olmadi. Jangning ikkinchi yarmida charchagan Zon ancha kam zarbalar berdi va Mungia 116-112, 117-111, 117-111 hisoblarida g'alaba qozonish uchun etarlicha raundlarni o'ziniki qildi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: