SportUz.Tv

Pratesning murabbiyi Maxachev Karlos bilan jang qilishdan nega voz kechganini taxmin qildi

02.11.2026 11:18    


Rasmni yuklab olish

Yarim o'rta vazn toifasi UFC reytingida ikkinchi o'rinni egallab turgan braziliyalik Karlos Pratesning murabbiyi Kristian Nogueyra vaziyatga munosabatini bildirdi.

Murabbiy 35 yoshli amaldagi UFC chempioni, 77 kg vazn toifasidagi rossiyalik Islam Maxachevning Torontodagi UFC 336 turnirida o'z shogirdi bilan jang qilishdan voz kechganining sababini taxmin qildi.

"Agar g'oya Islamni bu jangdan chetlatish, Pratesni besh raund jang qilishga majbur qilish va shu tariqa Karlosning uslubini o'rganishga ko'proq material to'plash uchun bo'lsa, u xafa bo'ladi, chunki bu jang uchinchi raundga ham etmaydi", - dedi Nogueyra Sherdog portaliga bergan intervyusida.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: