
"Bu mutlaqo uning shaxsiy qarori. Bizda buni birinchi chaqiruvga qadar muhokama qilish imkoniyati bo'lgan edi. Men undan qolishni — men bilan birga o'ynashni davom ettirishni so'ragandim, chunki u menga kerak edi, — ammo men uning tanlovini qabul qilishga majburman.
U — dunyo afsonasi, Portugaliya afsonasi, milliy terma jamoa afsonasi. Bu uzoq yillar davomida milliy jamoaga juda ko'p narsa bergan o'yinchi. U — portugaliyalik yoshlarning ramzi. Uni muxlislarining aksariyati — yoshlardir. Menga "Al Nacsr"da butun bir yil davomida u bilan birga ishlash baxti nasib etdi. SHu sababli u milliy terma jamoamiz uchun, xalqimiz uchun, tariximiz uchun hamisha afsona bo'lib qoladi", — deydi Jezushning so'zlarini A Bola nashri.
Maxachev Kolbi Kovingtonning taklifini qabul qildi: "Uning hech qanday imkoniyati yo'q!"