SportUz.Tv

Maxachev Kolbi Kovingtonning taklifini qabul qildi: "Uning hech qanday imkoniyati yo'q!"

06.11.2026 21:24    


Rasmni yuklab olish

Islam Maxachev Kolbi Kovingtonning taklifini qabul qilishga tayyor ekanini aytdi.

Kovington rus jangchisini kurashda raqobatlashishga va amaldagi UFC yarimog'ir vazn chempioni ham yaxshi ko'radigan padel bo'yicha xayriya o'yini o'tkazishga taklif qilgandi.

"Muammo yo'q. Kurashishimiz ham, padel o'ynashimiz ham mumkin. Va yuz mingga yana yuz ming qo'shish mumkin. Menimcha, uning na kurashda, na padelda hech qanday imkoniyati yo'q. Men qarshi emasman", — dedi rossiyalik Toshkentda o'tkazilayotgan sambo bo'yicha jahon chempionati chog'ida jurnalistlar bilan suhbatda.

SHuningdek, Maxachev amerikalikning yaqindagi mag'lubiyati haqidagi savolga javob berdi. Kovington, krossover-kurashchilar o'rtasida RAF ligasining mag'lubiyatsiz chempioni bo'la turib, bir necha kun oldin Rimdagi Hype Fighting turniridagi greppling bellashuvida Raul Rosas Juniorga 40 soniya ichida orqadan bo'g'ish orqali yutqazib qo'ygan edi.

"Nima deb javob berishimni bilmayman. Kolbi faxriy bo'lsa ham, uning o'z shaklini saqlab qolayotganini ko'ryapman. Balki uning grepplingi unchalik yuqori darajada emasdir, lekin u yaxshi kurashadi", — deya qo'shimcha qildi UFCning vazn toifasidan qati nazar, eng yaxshi jangchisi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: