SportUz.Tv

Toshkentda bo'lib turgan Islam Maxachev SHavkat Rahmonov haqida fikr bildirdi

06.11.2026 18:39    


Rasmni yuklab olish

Yarim o'rta vaznda UFC'ning amaldagi chempioni Islam Maxachev O'zbekistonda SHavkat Rahmonovning holati va uning titul uchun imkoniyatlari haqida fikr bildirdi.

Mahachevning aytishicha, Rahmonovning qachon oktagonga qaytishi hozircha nomalum. SHu sababli uni kutish va o'z faoliyatining yakunlanishini bunga bog'lash to'g'ri bo'lmaydi.

"UFC uni reytingdan chiqardi. Hozir u asosiy davogarlardan biri sifatida ko'rilmayapti. Hozir bizda 2 ta davogar bor. Ular o'rtasida vaqtinchalik chempionlik kamari uchun jang bo'ladi, shundan keyin keyingi davogar kim bo'lishini bilamiz", deydi Maxachev.

Rossiyalik jangchi Rahmonov jarohatlaridan tezroq tiklanib, UFC reytingiga qaytishiga umid bildirdi.

"SHavkat barcha jarohatlarini tez orada davolab, reytingga qaytadi, degan umiddaman", deya fikr bildirgan Islam.

Islam kecha Toshkent shahrida start olayotgan sambo bo'yicha kattalar o'rtasidagi Jahon chempionati tadbirlarida ishtirok etish uchun etib keldi. 



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: