SportUz.Tv

"Barselona" mavsumning dastlabki 15 ta o'yinida 60 ta gol urdi - bu bir asr ichidagi eng yaxshi ko'rsatkich

06.11.2026 15:30    


Rasmni yuklab olish

"Barselona" 2026/27 yilgi mavsumning dastlabki 15 ta rasmiy o'yinida 60 ta gol urdi.

Kataloniya klubi rasmiy saytining xabar berishicha, jamoa qariyb yuz yildan buyon bunday sermahsullik suratini qayd etmagandi.

"Barselona" 4 noyabr kuni CHempionlar Ligasi umumiy bosqichining 4-turida "Aston Villa" ustidan qozonilgan g'alaba (3:0) evaziga 60 talik dovonni zabt etdi. To'plardan birini Lamin Yamal, yana ikkitasini esa Rafinya kiritdi. Xans-Diter Flik shogirdlarining ushbu mavsumdagi o'rtacha sermahsulligi har bir o'yinda 4 ta golni tashkil etmoqda.

Klub mazkur ko'rsatkichni 1926/27 yilgi mavsum statistikasi bilan taqqosladi. O'shanda "Barselona" 15 ta rasmiy bahsda 69 ta gol urgan. O'sha uchrashuvlarning 14 tasi Kataloniya chempionatida, bittasi esa zamonaviy mamlakat kubogining o'tmishdoshi hisoblangan Ispaniya chempionatida bo'lib o'tgan.

"Barsa"ning klub nashrida takidlanishicha, taqqoslash paytida musobaqalar formatlaridagi farqni hisobga olish zarur. Hozirgi jamoaning ko'rsatkichi qariyb bir asr davomidagi eng yaxshi sermahsullik sifatida baholanmoqda, ammo "ko'k-anorranglilar" tarixidagi mutlaq rekord emas.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: