SportUz.Tv

Portugaliya prezidenti Ronalduning ketishi haqida: "Mamlakatni butun dunyoga tanitganing uchun tashakkur!"

06.11.2026 19:42    


Rasmni yuklab olish

Portugaliya prezidenti Antoniu Joze Seguru Krishtianu Ronalduga milliy terma jamoa muvaffaqiyatlariga qo'shgan hissasi hamda mamlakatning xalqaro nufuzini oshirgani uchun minnatdorlik bildirdi.

Ushbu murojaat 41 yoshli futbolchining milliy jamoadagi faoliyatini yakunlaganini elon qilganidan so'ng yangradi.

Davlat rahbari o'z murojaatida futbolchining tarixiy yo'lini va uning barcha portugallar uchun qanday ilhom manbaiga aylanganini alohida takidladi.

"Butun Portugaliya nomidan Krishtianu Ronalduga milliy terma jamoa uchun qanchalik sadoqat bilan to'p tepgani, portugal xalqini ilhomlantirgani va Portugaliyani butun dunyoga mashhur qilgani uchun minnatdorlik bildiraman.

Tushunaman, bu Krishtianu Ronalduning sport hayotidagi eng qiyin kunlardan biri, ammo mutlaqo aminmanki, portugallar — avval ham bir necha bor bo'lganidek, hozir ham uning yonida.

"SHuningdek, Portugaliya har doim uning vatanga bo'lgan muhabbatiga tayana olishini bilaman. U bu muhabbatni bizga shunchalik quvonch bag'ishlagan har bir mashg'uloti, har bir o'yini va har bir goliga bag'ishlagan o'sha ehtiros bilan ifodalashda davom etadi. Senga ulkan zafarlar tilayman, Krishtianu. Va katta rahmat", – dedi Antoniu Joze Seguru.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: