SportUz.Tv

Messi MLS tarixida qatorasiga ikki mavsum to'purar bo'lgan ilk futbolchiga aylandi

08.11.2026 13:18    


Rasmni yuklab olish

"Inter Mayami" hujumchisi Lionel Messi MLS tarixiga yangi sahifa yozdi.

U ligada ketma-ket ikki mavsum mobaynida eng yaxshi to'purar nomiga sazovor bo'lgan musobaqa tarixidagi ilk futbolchiga aylandi.

O'tgan muntazam chempionat doirasida 39 yoshli argentinalik hujumchi 31 ta uchrashuvda maydonga tushib, o'z hisobiga 26 ta gol va 13 ta golli uzatmani yozdirib qo'ydi. U bu ko'rsatkich orqali “Dallas” vakili Petar Musani ortda qoldirdi ( hujumchi 30 ta o'yinda 22 bor raqiblar darvozasini ishg'ol qilgan).

Eslatib o'tamiz, Messi 2025 yilgi mavsumda ham 29 ta gol bilan chempionatning eng yaxshi to'purari maqomini qo'lga kiritgan edi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: