
Oqshom doirasida yarim engil vazn toifasi vakili Murtazali Magomedov o'zining g'alabali seriyasini davom ettirdi. Qirg'izistonlik aralash yakkakurash ustasi LFA sobiq chempioni Joze Delanoga qarshi oktagonga ko'tarildi.
Etiborlisi, Delano (17-4) 5 ta g'alabali seriya bilan kelayotgan edi. To'liq uch raund davom etgan jangda Murtazali raqibini hakamlarning yakdil qarori (29:28, 29:28, 29:28) bilan mag'lubiyatga uchratdi. Bundan avvalgi 11 ta jangini muddatidan avval yakunlagan Magomedov ilk bor ochkolar hisobiga ko'ra g'alabaga erishdi.

Pore Maxachevning jangdan bosh tortgani haqida: "Menimcha, u hech kimdan qo'rqmaydi"