
Jonni Uokerning Valdo Kortes-Akostaga qarshi jangda muddatidan oldin g'alaba qozonishi braziliyalikka nafaqat UFC og'ir vazn toifasi reytingida Top-10`talikka kirib olishini taminlab berdi, balki "Kechaning eng yaxshi jangi" uchun qo'shimcha 100 000 dollarlik bonusni ham olib keldi.
Oqshomning markaziy jangida Uoker o'zining yangi vazn toifasida zarbalarga chidamliligini ko'rsatdi, raqibining bir nechta kuchli zarbalariga dosh berdi va uchinchi raundda dominikanlikni oyog'i bilan boshiga zarba berib yiqitdi. Bonus Kortes-Akosta uchun kichik bir tasalli bo'ladi, u o'z faoliyatidagi birinchi muddatidan oldingi mag'lubiyatini qabul qildi va ehtimol, divizionning eng yaxshi o'ntaligidagi sakkizinchi o'rnini yo'qotdi.
Qolgan 100 000 dollarlik bonuslar o'z raqiblarini nokautga uchratgan amerikaliklar Elija Smit va Tomas Petersenga nasib etdi.
SHuningdek, muddatidan oldin g'alaba qozongan jangchilar Nina Miloshevich, Ostin Bashi, Andre Petroksi va Xose Enrike Souza 25 000 dollardan bonus oladigan bo'ldi.

Pore Maxachevning jangdan bosh tortgani haqida: "Menimcha, u hech kimdan qo'rqmaydi"