SportUz.Tv

SHara Bulletning jangi rasman tasdiqlandi + POSTER

08.11.2026 11:42    


Rasmni yuklab olish

"Qaroqchi" ishtirokidagi to'qnashuv Saudiya Arabistonida o'tkaziladigan UFC turnirining asosiy jangi bo'ladi.

SHara Bulet nomi bilan tanilgan rossiyalik o'rta vazn toifasi vakili SHarabutdin Magomedov 5 dekabr kuni Ar-Riyod shahrida o'tkaziladigan UFC Saudi Arabia turnirining asosiy jangida sobiq chempioni Israel Adesanyaga qarshi oktagonga ko'tariladi. 

Malumot uchun, SHarabutdinning professional MMAdagi g'alabalari soni 17 tani tashkil etmoqda, shundan 12 tasini muddatidan avval nokaut bilan yakunlagan. Hisobida bitta mag'lubiyat bor. 

Nigeriyalik Adesanya esa professional MMAda 24 ta g'alabaga erishgan, 16 tasi nokaut bilan. Hisobida 6 ta mag'lubiyati bor. Adesanya oxirgi 4 ta jangida mag'lubiyat alamini totib ko'rgan. So'nggi bor shu yilning mart oyida jang o'tkazib, Jo Payferga texnik nokaut evaziga yutqazgan.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: