SportUz.Tv

"U ishtonini ho'llab qo'yadi". Fyuri - Joshua bilan bo'lajak jangi haqida

08.11.2026 12:42    


Rasmni yuklab olish

Supero'rta vaznda sobiq WBC, WBO, IBO, WBA Super, The Ring, IBF yo'nalishlari chempioni Tayson Fyuri 36 yoshli hamyurti, IBF, WBA, WBO va IBO kamarlarining sobiq egasi Entoni Joshuaga qarshi bo'lajak jangidan kutayotganlarini aytdi.

"Men uchun bu boks jangi. U uchun esa — boshini kundaga qo'yishdek gap. Joshua ishtonini ho'llab qo'yadi", — deya Fyurining so'zlarini keltiradi Ring Magazine`ning X ijtimoiy tarmog'idagi akkaunti.

Malumot uchun, Tayson Fyuri va Entoni Joshua o'rtasidagi jang 11 dekabr kuni Kardiffdagi o'z bag'riga 70 ming tomoshabinni sig'dira oladigan "Prinsipaliti" stadionida bo'lib o'tadi.

Taysonning professional boksdagi rekordi 36 ta g'alabani tashkil etadi, shundan 25 tasi nokaut orqali qo'lga kiritilgan, hisobida ikkita mag'lubiyat va bitta durang bor. Joshua professional darajada 2013 yildan buyon faoliyat yuritib kelmoqda. Britaniyalikning profidagi rekordi 30 ta g'alabani tashkil etadi, shundan 27 tasi muddatidan oldin qo'lga kiritilgan. Hisobida to'rtta mag'lubiyat bor.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: