SportUz.Tv

"Manchester Siti" Holandni 175 million evroga sotishga tayyor

18.11.2026 13:18    


Rasmni yuklab olish

Angliyaning "Manchester Siti" klubi Norvegiya terma jamoasi hujumchisi Erling Holand bilan xayrlashishga tayyor bo'lgan summani belgiladi.

26 yoshli forvardga bir yo'la bir nechta Evropa grandlari qiziqish bildirmoqda, deya xabar berdi “El Nacional”.

Manbaning xabar berishicha, "shaharliklar" rahbariyati norvegiyalik futbolchini 2027 yilgi yozgi transfer oynasida sotish variantini ko'rib chiqmoqda. Agar qulay taklif tushsa, klub futbolchi uchun 175 million evro ishlab olishni rejalashtirmoqda.

Holandga ehtimoliy davogarlar qatorida Ispaniyaning "Real", "Barselona", Franciyaning PSJ va Angliyaning "Liverpul" klublari tilga olinmoqda. Hujumchi bilan xayrlashishning ehtimoliy sabablaridan biri sifatida "Manchester Siti"ning moliyaviy ishi atrofidagi noaniqlik ko'rsatilmoqda.

Holand 2022 yildan buyon Manchester klubi sharafini himoya qilib kelmoqda. O'shanda u Dortmundning "Borussiya" klubidan 60 million evro evaziga o'tgandi.

Transfermarkt malumotlariga ko'ra, norvegiyalikning hozirgi narxi 220 million evroni tashkil etadi. U "Barselona" vingeri Lamin Yamal bilan birgalikda dunyoning eng qimmat futbolchilari reytingini boshqarib turibdi.

SHu bilan birga, Holandning "Manchester Siti" bilan kelishuvi 2034 yilning yoziga qadar mo'ljallangan bo'lib, futbolchining o'zi ham avvalroq ingliz klubiga sodiqligini bildirgandi. Biroq 2022/23 yilgi mavsum CHempionlar Ligasi g'olibi quyi divizionga tushirib yuborilsa, vaziyat o'zgarishi mumkin.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: