SportUz.Tv

"Endi ularni hurmat qilmayman". Sobiq chempion Nurmagomedov jamoasi haqida gapirdi

18.11.2026 16:30    


Rasmni yuklab olish

UFC sobiq chempioni Aldjameyn Sterling Merab Dvalishvili bilan bog'liq ish uchun Xabib Nurmagomedov jamoasiga bo'lgan hurmatini yo'qotganini bildirdi.

"Xabibga bo'lgan barcha hurmatimni saqlagan holda aytaman: u juda ko'p eshiklarni qoqdi, hatto yigitlarni ozodlikka chiqarish bo'yicha muzokaralar olib borish uchun shaxsan o'zi ham etib keldi. Ko'rinishidan, u erda hamma ishni aynan Habib boshqaradi.

8–10 kishidan iborat guruh bo'lib, ikki nafar insonga hujum qilishda hech qanday mardlik yoki qahramonlik yo'q. Ilgari bu yigitlarni hurmat qilardim. Endi esa bunday deya olmayman", — deya Sterlingning so'zlarini Kalshi MMA akkaunti X ijtimoiy tarmog'ida keltirmoqda.




Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: