SportUz.Tv

"U afsona". Asu Almabaev bo'lajak raqibi haqida fikr bildirdi

18.11.2026 17:06    


Rasmni yuklab olish

Qozog'istonlik UFC jangchisi Asu Almabaev o'zining navbatdagi raqibi, yaponiyalik Kyodzi Xoriguchi haqidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

Asuning so'zlariga ko'ra, bunday tajribali raqib bilan oktagonda to'qnash kelish unga diviziondagi chempionlik ambiciyalarini yanada yaqqol namoyon etish imkonini beradi.

"Men uchun bu ajoyib imkoniyat. U afsona va MMAda anchadan beri jang qilib kelmoqda. U o'zini nimalarga qodir ekanligini ko'p bora isbotlagan jangchi. SHuning uchun u kabi raqib bilan jang qilib, o'zimni ko'rsatish men uchun yaxshi imkoniyat.

UFC nima qilayotganini yaxshi biladi. Ular shunchaki biror jangchiga chempionlik kamari uchun jang qilish imkoniyatini bermaydi. Avvaliga uni Xoriguchi kabi raqib bilan to'qnashtirishadi. SHu orqali sening bu darajada bo'lishga va chempionlik kamari uchun kurashishga loyiq yoki loyiq emasligingni tekshirishadi.

Men hech qachon yuqoriga chiqish uchun o'zimga qulay yo'lni tanlashga, raqiblardan qochishga yoki ularni o'zimga moslashtirishga harakat qilmaganman. Bu haqda hatto o'ylamayman, hech qachon “yo'q” deyishni xayolimga keltirmayman. Menimcha, bu jang chempionlik sari harakatlanishim kerakligini isbotlash uchun ajoyib imkoniyat bo'ladi", — dedi Almabaev UFC matbuot xizmatiga bergan intervyusida.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: