
Ushbu to'qnashuv yaqinlashib kelayotgan dam olish kunlari Qatardagi turnir doirasida bo'lib o'tadi.
UFC.com takidlashicha, ushbu jangdagi g'alaba eng engil vazn toifasida chempionlik jangiga asosiy davogarlardan biriga aylanish imkonini beradi.
"Engil vazn divizionidagi reytingning yuqori pog'onalari uchun kurash davom etadi. Top-10 vakillari Kyodzi Xoriguchi va Asu Almabaev o'tkazib yuborish mumkin bo'lmagan jangda oktagonga chiqadi.
Xoriguchi UFC reytingiga qaytish yo'lidagi harakatini o'tgan yil noyabr oyida Qatarda boshlagan va Tagir Ulanbekovni uchinchi raundda sabmishen orqali mag'lub etgan. Keyin Amir Albazidan ustun kelgan, biroq iyun oyida Manel Kapega muddatidan oldin mag'lub bo'lgan. Endi 36 yoshli “Karate bola” divizion reytingi kuchli beshligidan joy olish uchun qozog'istonlik istiqbolli raqib bilan kuch sinashadi.
Bu dam olish kunlari Almabaev ham o'tgan yilgi turnirda Aleks Peresni uchinchi raundda sabmishen orqali mag'lub etganidan keyin ikkinchi marta ABHA Arena maydonida jang qiladi. O'shandan buyon u iyun oyida CHarlz Jonsonni “Suloev cho'zilishi” usulidagi og'riqli ushlash orqali mag'lub etib, g'alabali seriyasini uchta jangga etkazdi. SHuningdek, UFC oktagonidagi natijasini 7–1 ko'rinishiga keltirdi. Xoriguchi ustidan qozoniladigan g'alaba unga ilk bor chempionlik uchun davogarlar qatoriga qo'shilish imkonini beradi.
Yanvar oyida UFC 336 turnirida chempionlik kamari uchun jang o'tkazilishidan oldin ham divizionda bir qator muhim to'qnashuvlar bo'lib o'tadi. Ular orasida mazkur jang ham bor. Kelasi yili Toronto shahrida yilning birinchi raqamli turniriga qadar diviziondagi kuchlar nisbati qanday o'zgarishini ko'rish juda qiziq bo'ladi. Ushbu jangchilarning har biri amaldagi chempion Joshua Vanning yangi raqibiga aylanishi mumkin. Qolaversa, ularning ikkalasi ham avval chempionlik uchun davogar Manel Kape bilan to'qnash kelgan. SHu bois bu jang keyingi titul davogarini aniqlab berishi ham mumkin", — deyiladi maqolada.
Asu Almabaev — Kyodzi Xoriguchi jangi 21 noyabr kuni Doha shahrida bo'lib o'tadi. Turnirning asosiy kardi Toshkent vaqti bilan soat 23:00 da boshlanadi.