SportUz.Tv

Iliya Topuriya: "Maqsadim - Getji bilan revansh, ammo..."

18.11.2026 18:54    


Rasmni yuklab olish

UFC sobiq chempioni Iliya Topuriya asosiy maqsadi amaldagi chempion Jastin Getji bilan revansh jangi o'tkazish ekanini malum qildi.

"Maqsadim, albatta, Jastin Getji bilan revansh o'tkazish. Bu qanday va qachon amalga oshishini bilmayman, ammo maqsadim shu. Agar qandaydir sababga ko'ra Jastin bilan jangni tashkil etishning imkoni bo'lmasa, Peddi Pimblett bilan to'qnash kelishni istardim. Bu jang men uchun juda qiziq.

Menimcha, Jastin men bilan jang qilishni xohlamayapti. Carukyan esa xohlayapti, hamma xohlayapti. Agar men Peddi yoki boshqa birovning o'rnida bo'lganimda ham, bu jangni tanlagan bo'lardim", — deya Topuriyaning so'zlarini The Independent nashri keltirmoqda.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: