SportUz.Tv

O'zbekiston terma jamoasi Saudiya Arabistoni ustidan g'alabadan so'ng FIFA reytingida bir pog'ona ko'tarildi

18.11.2026 17:42    


Rasmni yuklab olish

O'zbekiston milliy terma jamoasi Saudiya Arabistoniga qarshi o'rtoqlik uchrashuvidagi g'alabadan (2:1) keyin FIFAning onlayn reytingida bir pog'ona yuqoriladi.

FIFA rasmiy saytidagi 18 noyabr holatiga ko'ra, Fabio Kannavaro boshchiligidagi jamoa 1418,10 ochko bilan 60-o'rinni egallab turibdi.

O'zbekiston terma jamoasi 12 noyabr kuni Toshkentda Rossiyaga 2:3 hisobida mag'lub bo'lib, 3,86 reyting ochkosini yo'qotgandi. Natijada jamoa 1412,75 ochko bilan 59-o'rindan 61-pog'onaga tushgan.

17 noyabr kuni Dohada Saudiya Arabistoni ustidan qozonilgan g'alaba esa O'zbekistonga 5,35 reyting ochkosini taqdim etdi. SHu tariqa, jamoaning umumiy ochkolari 1418,10 taga etib, jonli reytingda 60-o'ringa ko'tarildi.

Qayd etish joiz, O'zbekiston noyabr oyidagi ikki o'rtoqlik uchrashuvi yakunida reyting ochkolarini 1,49 taga oshirgan. Biroq boshqa terma jamoalar natijalari sababli avvalgi 59-pog'onasiga hali qayta olmagan.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: