SportUz.Tv

"Barselona" va "Real" yarashuv bitimiga erisha olmadi

25.11.2026 18:18    


Rasmni yuklab olish

"Real"da "Barselona" va hakamlar haqida aytilgan gaplardan voz kechilmadi.

"Barselona" va "Real" yarashuv bo'yicha kelishuvga erisha olmadi.

Eslatib o'tamiz, may oyi o'rtalarida "qaymoqranglilar" prezidenti Florentino Peres Xose Mariya Enrikes Negreyra ishi haqida gapirar ekan, hakamlarning xatti-harakatlari tufayli ettita chempionlik o'g'irlanganini malum qilgan edi. Kataloniyaliklar Peresning so'zlari sabab sudga murojaat qilishga tayyorlanayotgani xabar qilingandi.

Iyun oyida "ko'k-anorranglilar" Madrid klubi rahbari o'z so'zlaridan qaytishi uchun yarashtirish to'g'risida majburiy iltimosnoma kiritgan edi. Eshituv bugun bo'lib o'tdi.

Biroq klublarning yuristlari yarashuv borasida kelishuvga erisha olishmadi, deb yozadi Cadena SER. "Barselona" huquqiy maydonda ish olib borishni davom ettiradi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: