
Jumladan, hamyurtlarimiz Ramazon Temirov va Bogdan Guskov jang qilayotgan eng engil hamda yarimog'ir vazn toifalari reytingida ham o'zgarishlar kuzatildi.
Bogdan Guskov jang qilayotgan yarimog'ir (93 kg. gacha) vazn toifasi reytingida mag'lubiyatsiz odimlayotgan Yangi Zelandiya jangchisi Navaxo Stirling 4 pog'onaga yuqorilab, Top-3`talikka kirib oldi. U Qatardagi turnirda UFC sobiq chempioni chexiyalik Irji Proxazkani nokautga uchratgandi. Irji mag'lubiyati ortidan bir pog'onaga pastladi.
SHuningdek, reytingda Dominik Reyes 2, Xalil Rauntri esa 1 o'ringa pastga tushgan. Bogdan Guskov reytindagi 10-o'rinni o'zida o'zgarishsiz saqlab qoldi. Karlos Ulberg vazn chempioni bo'lib turibdi. Sobiq chempionlar Aleks Pereyra birinchi, Magomed Ankalaev ikkinchi o'rinda bormoqda.

Qozog'istonlik Asu Almabaev Qatar turniridagi mag'lubiyatidan keyin ikki pog'onaga pastlab, 8-o'ringa tushdi. Asuni taslim etgan yaponiyalik Kiodji Xoriguchi hamda Alessandro Kostadan ustun kelgan iroqlik Amir Albazi bir pog'onaga yuqoriladi.
Ramazon Temirov o'tgan haftada bo'lgani kabi 10-o'rinni saqlab qoldi. Uni mag'lubiyatga uchratgan angliyalik Lone Kavana 5-o'rindan joy olgan. Vazn chempioni Joshua Van, birinchi o'rinni uning bo'lajak raqibi Manel Kape, ikkinchi pog'onani sobiq chempioni Aleksandr Pantoja band etgan. Top-15`talikni CHarlz Jonson yakunlab bergan.

AQSHga bora olmay qolishi mumkin. Menejer Usman Nurmagomedov uchun ehtimoliy jazolar haqida gapirdi
Qozog'iston Toshkentda o'tadigan Jahon kubogining yakuniy bosqichi uchun tarkibini elon qildi