SportUz.Tv

AQSHga bora olmay qolishi mumkin. Menejer Usman Nurmagomedov uchun ehtimoliy jazolar haqida gapirdi

24.11.2026 17:54    


Rasmni yuklab olish

MMA bo'yicha menejerlik agentligi asoschisi Vitaliy Tarasov rossiyalik atlet Usman Nurmagomedov ishtirokida BAAda yuz bergan mushtlashuv uning turli mamlakatlarda, jumladan, AQSHda jang o'tkazish imkoniyatiga tasir qilishi mumkinligini aytdi.

«Umuman olganda, o'sha mintaqada unga jang qilishni taqiqlashlari mumkin. Bu mushtlashuv tufayli AQSHga borishi ham taqiqlanishi ehtimoli bor — bu ham xavfli. Menimcha, bu voqea tasir qilishi mumkin. UFC borasida biror narsa deya olmayman, chunki bu baribir qandaydir reklama yurishi, deb o'ylayman. Usmanning PFL bilan qanday kelishuvlari borligini bilmayman. Aleksandr SHabliy bilan gaplashib turaman. U bilan suhbatdan tushunganim — Nurmagomedov qoladimi yoki yo'qmi, hozircha nomalum. PFL'ning o'zida ham bundan keyin nima bo'lishi haqida aniq qaror yo'q. Menimcha, bu voqea Usman uchun yomon oqibatlarga olib kelishi mumkin. Bir tomondan, bu UFC uchun unchalik yomon emas: unga Topuriyani raqib qilib qo'yishsa, mana sizga shov-shuvli sarlavha. Ammo janglarni qaerda o'tkazish masalasi bor. U Evropaga viza ololmay qolishi mumkin, Amirliklardan deportaciya qilishdi, endi Amerikada ham muammolar bo'lishi ehtimol», deydi Tarasov.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: