SportUz.Tv

Islamni MMAdan ketishga majbur qilaman. Karlos Prates Maxachev bilan ehtimoliy jang haqida

25.11.2026 12:39    


Rasmni yuklab olish

Yarim o'rta vazn toifasida UFC reytingining ikkinchi pog'onasida turgan braziliyalik Karlos Prates amaldagi chempion, rossiyalik Islam Maxachev UFC 336 turnirida u bilan jang qilishdan bosh tortganidan xafa bo'lganini aytdi.

SHuningdek, Prates Islamga qarshi ehtimoliy jang haqida vada berdi.

— UFC senga Islamga qarshi jang tashkil qilish bo'yicha rasmiy taklif yuborganmi?

— Rasmiy taklif, deb bo'lmaydi. Ammo men, menejerim, Xanter [Kempbell] va Abdel-Aziz bu haqda gaplashdik. Hammamiz yanvarda jang qilishga rozi edik. Islam: «Ha, albatta, jang qilamiz. Faol bo'lishni xohlayman», degan va hokazo. Bir oy yoki bir yarim oy o'tgach, UFCdan qo'ng'iroq qilishib: «Islam jangdan bosh tortdi», deyishdi. Nima sababdanligini aytishmadi, faqat jangdan bosh tortganini bildirishdi.

— Buni eshitganingda birinchi reakciyang qanday bo'ldi?

— Biroz jahlim chiqdi, chunki u bilan jang qilishni kutgandim. U o'z vazn toifasidagi eng yaxshi jangchi, UFCning ikki vazn toifasida sobiq chempioni. U bilan jang qilish, ayniqsa, Islamni mag'lub etish faoliyatimdagi katta qadam bo'lardi. Ammo nima bo'lsa bo'ldi. Endi etiborim Moralesda. Mayklni mag'lub etaman, keyin Maxachev bilan jang qilib, uni MMAdan ketishga majbur qilaman.

U chempion, yarim o'rta vazndagi eng yaxshi jangchi va raqib tanlash huquqiga ega. Lekin vada beraman: oktagonda u bilan to'qnash kelganimda, qattiq zarba beraman. SHunda u: «Xudoyim, boshqa hech qachon jang qilmayman», deb o'ylaydi, — dedi Prates The Ariel Helwani Show YouTube kanaliga bergan intervyusida..



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: