
Jamoaning himoya chizig'ini mustahkamlash bo'yicha olib borilgan say-harakatlaridan kelib chiqib, serbiyalik tajribali himoyachi Daniel Stoykovich bilan shartnoma imzolandi.
Malumot o'rnida: Daniel Stoykovich 1990 yilda tavallud topgan. Faoliyati davomida Serbiyaning OFK "Belgrad"," Radnik", "Vojdovac", Armanistonning" Alashkert", Belorussiyaning "Neman" hamda Qozog'istonning "Atirau" jamoalarida to'p surgan. "Neftchi"ga kelishidan oldin" Atyrau" tarkibida o'ynagan futbolchi 24ta bahsda maydonga tushib, bir marta raqiblar darvozasini ishg'ol etgan.
Klubimiz va muxlislarimiz nomidan Daniel Stoykovichga sevimli jamoamiz sharafini himoya qilishidagi faoliyatiga omadlar yor bo'lishini tilab qolamiz.
"Neftchi" matbuot xizmati

Karlos Ulberg yarim og'ir vazn toifasi uchun saralash turniri o'tkazishni taklif qildi
Maxachev - Garri bilan jangiga tayyorgarlik haqida: "Juda ko'p yugurishga to'g'ri kelyapti"