SportUz.Tv

Maxachev - Garri bilan jangiga tayyorgarlik haqida: "Juda ko'p yugurishga to'g'ri kelyapti"

28.07.2026 07:09    


Rasmni yuklab olish

UFC`ning yarim o'rta vazn (77 kg gacha) toifasidagi chempioni Islam Maxachev 16 avgust tongida AQSHning Filadelfiya shahrida bo'lib o'tadigan jangiga tayyorgarlik haqida gapirdi.

Islam shu kuni UFC 330 turnirida irlandiyalik Ien Garriga qarshi chempionlik jangida oktagonga ko'tariladi. 

"Bu mashg'ulot lagerida juda ko'p yugurishimga to'g'ri kelyapti, chunki uni quvib etishim kerak bo'ladi. U juda ko'p yuguradi. Uning rejasini bilaman. Biz uning janglarini ko'rib chiqdik. Uning uslubi o'zgarmas. Uni ushlab olishga, yiqitishga va avvalgi raqiblarim bilan amalga oshirgan ishimni takrorlashga harakat qilaman", — deya Maxachevning so'zlarini keltiradi MMA Fighting nashri.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: